Cencosud xalqaro kompaniyasiga tegishli, Chilining Paris univermaglari tarmog‘i dunyoda eng katta jinsi shimini yaratgani uchun Ginness rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda UPI portali xabar berdi.
Tarmoq shimni Kansas brendi bilan hamkorlikda yaratib, uni Perudagi San-Xuan-de-Miraflores shahrida joylashgan Mall del Sur do‘konida taqdim qildi.
50 kishidan iborat jamoa 22 qavatlik uydek keladigan shimni tikishga yarim yil sarfladi. Natija esa shunga yarasha hayratlanarli: shimning uzunligi 65,5 metrni, eni 42,6 metrni tashkil qiladi.
Ta’kidlanishicha, shim savdo markazida hafta oxirigacha namoyish qilinadi, so‘ngra undan ko‘p marta foydalanishga mo‘ljallangan o‘n mingta sumka tikiladi. Bu sumkalar Paris tarmog‘i do‘konlarida plastik paketlardan foydalanishga qarshi aksiya doirasida sotiladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi
Dunyodagi eng boy arab shayxining rafiqasi qanday ko‘rinishga ega?
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Tadbirkorlarga qo‘llanadigan moliyaviy jarima kamaytiriladi