21 fevral kuni Gollivud aktyori Jussi Smollett o‘z maoshini ko‘tarish maqsadida o‘ziga qarshi hujum uyushtirgani ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Daryo.
Smollett yanvar oyi oxirida Chikago ko‘chalaridan birida go‘yoki unga ikki kishi tajovuz qilgani oqibatida kasalxonaga yotqizilgan.
Aktyorning so‘zlariga ko‘ra, tajovuzkorlar uni irqiy jihatdan haqorat qilib, bir necha zarbalar bergan va bo‘yniga arqon tashlab, ustiga noma’lum suyuqlik to‘kib ketgan.
Aniqlanishicha, bu suyuqlik oqartirish vositasi bo‘lgan. Shundan so‘ng politsiya aktyorni tajovuz uyushtirishda gumon qilgan va qo‘lga olgan.
Politsiya vakilining bergan ma’lumotiga ko‘ra, Smollett unga nisbatan kelib chiqqan irqchilik g‘azabidan foydalanib o‘z karerasini ko‘tarmoqchi bo‘lgan.
Shuningdek, aktyor irqiy jihatdan haqoratlar yozilgan xatni 20th Century Fox studiyasiga o‘z nomiga yuborgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin