1954 yili Yaponiyaning Tokio aeroportida bojxonachilar g‘alati bir yo‘lovchiga to‘qnash kelishdi. U hujjat bo‘yicha ham, tashqi ko‘rinishi jihatidan ham oddiy yevropalik edi. Biroq pasporti qandaydir Tord respublikasiga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi.
Bojxonachilar hech qachon bunday davlat haqida eshitishmagandi. Yer yuzida Tord degan davlat bo‘lishiga ishonishmasdi ham. Yo‘lovchini ichkariga olib kirib, dunyo xaritasidan Tord davlatini ko‘rsatishni so‘rashdi. Yo‘lovchi erkak esa sira o‘ylab o‘tirmay, Andorrani ko‘rsatdi. Bundan tashqari, yonidagi haydovchilik guvohnomasi, to‘lov plastik kartochkasi ham Tord davlatiga tegishli bo‘lib chiqdi.
Yo‘lovchini to masalaga oydinlik kiritilguncha nufuzli otellardan biriga joylashtirishdi. Qo‘riqchi tayin etishdi. Biroq ertasi kuni ertalab nomerga kirishganda, yo‘lovchidan asar ham yo‘q edi. U izsiz g‘oyib bo‘lgandi. O‘sha-o‘sha Tord davlatidan kelgan bu yo‘lovchini hech kim ko‘rmadi, u to‘g‘risida eshitmadi ham. Yaponlar uni «Imkoniyatlar so‘rovnomasi» kitobiga kiritishdi. Olimlar esa hanuz bir gapni takrorlashadi. Tord davlatidan kelgan o‘sha yo‘lovchi aslida narigi dunyoning vakili. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi