09:50 / 24.02.2019
4 079

Moldova prezidenti kortejiga avtomobil urildi (video)

Moldova prezidenti kortejiga avtomobil urildi (video)
22 fevralda Moldova prezidenti Igor Dodon kortejidagi avtomobillardan biriga qarama-qarshi yo‘nalishdan bir avtomobil chiqib urildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

Dodonning aytishicha, to‘qnashuv oqibatida hech kim jabrlanmagan.
“Men tumanlardan biriga ishchi safar bilan ketayotgandim. Qarama-qarshi yo‘nalishga bir avtomobil chiqib, avtomobilim ortidan kelayotgan kuzatuvchi avtomobilga urildi. Hech kim jabrlanmadi, to‘qnashuv tafsilotlarini politsiya aniqlashtirmoqda”, deb aytgan Dodon.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, bundan avvalroq Dodon unga suiqasd tayyorlanayotgani haqida anonim maktub olgan. Maktubda Moldova parlamenti demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Plaxotnyuk parlament saylovlaridan keyin prezidentni o‘ldirishni rejalashtirayotgani aytilgan. Maktub so‘ngida Dodondan “Moldovaning Jon Kennedisi” qilishmoqchiligi aytib o‘tilgan (AQShning 35-prezidenti Jon Kennedi 1963 yil 22 noyabrda Dallasda otib o‘ldirilgan).

Dodonning o‘zi barcha hamkasblari, do‘stlari va tarafdorlarining saylovlar oldidan yo‘l-transport hodisasi bilan bog‘liq turli gaplar tarqatmaslikka chaqirdi.

Dodon 2018 yil sentyabrda ham shunga o‘xshash avtofalokatga uchragandi. O‘shanda qarama-qarshi yo‘nalishdan yuk mashinasi chiqib, Moldova prezidenti mashinasi va unga hamrohlik qiluvchi mashinalardan biriga urilgan. Oqibatda prezident mashinasi to‘ntarilib ketgandi. Mashinada prezidentdan tashqari uning onasi bo‘lgan. Dodon o‘zi, onasi va tansoqchilari jarohat olganiga qaramay, haydovchiga e’tirozlar bildirmagan.

O‘shanda bu avtofalokat atrofida bahslar avj olgan. Shuningdek, suiqasd versiyasi istisno qilinmagan: bu versiya tarafdorlarining ta’kidlashicha, yuk mashinasi prezident korteji yo‘liga kutilmaganda chiqib, aynan prezident ketayotgan limuzinga urilgan. Bir qator deputatlar va siyosatchilar yo‘l-transport hodisasining tafsilotlarini xalqaro mutaxassislarni jalb qilgan holda aniqlashtirishni talab qilishgandi.

Moldovada parlament saylovlari bugun, 24 fevralda bo‘lib o‘tadi. U ilk bor aralash saylov tizimi bo‘yicha o‘tkaziladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moldova prezidenti kortejiga avtomobil urildi (video)