Kolumbiya Migratsiya xizmati rahbari Kristian Kryuger Sarmento mamlakat hukumati Venesuela bilan chegaraning bir qismini yopish bo‘yicha qaror qabul qilganini ma’lum qildi.
Bunga Shimoliy Santander departamentida gumanitar yordamlar o‘tishiga qurolli qarshilik ko‘rsatilgani sabab bo‘lgan.
«Bugun Shimoliy Santander departamentining turli nuqtalaridagi nazorat-o‘tkazuv punktlarida ro‘y bergan tartibsizliklar tufayli janob prezident nazorat-o‘tkazuv punktlari 24 va 25 fevral kunlarida yopiq bo‘lishi haqida qaror qabul qildi», — degan Kryuger.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday choralar Maduro rejimi tomonidan infratuzilmalarga yetkazilgan zarar qanchani tashkil etganini hisoblash maqsadida qabul qilingan.
23 fevral kuni Venesuelaga atalgan gumanitar yuk ortilgan ilk 4 ta mashina Kolumbiya va Venesuela chegarasida venesuelalik politsiyachilar tomonidan qaytarib yuborildi. Bu vaqtda yuklarni kutib olish uchun chegaraga borgan namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llandi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, chegaraning turli nuqtalarida ro‘y bergan to‘qnashuvlar oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, yuzlab kishilar jarohatlangan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi