13:39 / 24.02.2019
3 261

Kolumbiya hukumati Venesuela bilan chegara yopilganini ma’lum qildi

Kolumbiya hukumati Venesuela bilan chegara yopilganini ma’lum qildi
Kolumbiya Migratsiya xizmati rahbari Kristian Kryuger Sarmento mamlakat hukumati Venesuela bilan chegaraning bir qismini yopish bo‘yicha qaror qabul qilganini ma’lum qildi.
Bunga Shimoliy Santander departamentida gumanitar yordamlar o‘tishiga qurolli qarshilik ko‘rsatilgani sabab bo‘lgan.
«Bugun Shimoliy Santander departamentining turli nuqtalaridagi nazorat-o‘tkazuv punktlarida ro‘y bergan tartibsizliklar tufayli janob prezident nazorat-o‘tkazuv punktlari 24 va 25 fevral kunlarida yopiq bo‘lishi haqida qaror qabul qildi», — degan Kryuger.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday choralar Maduro rejimi tomonidan infratuzilmalarga yetkazilgan zarar qanchani tashkil etganini hisoblash maqsadida qabul qilingan.

23 fevral kuni Venesuelaga atalgan gumanitar yuk ortilgan ilk 4 ta mashina Kolumbiya va Venesuela chegarasida venesuelalik politsiyachilar tomonidan qaytarib yuborildi. Bu vaqtda yuklarni kutib olish uchun chegaraga borgan namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz qo‘llandi. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, chegaraning turli nuqtalarida ro‘y bergan to‘qnashuvlar oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, yuzlab kishilar jarohatlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kolumbiya hukumati Venesuela bilan chegara yopilganini ma’lum qildi