Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu harbiy xizmatchi veteranlarga imtiyoz qo‘llashni so‘rab, mamlakatdagi yirik riteylerlarga murojaat qildi. Masalan, X5Retail Group («Pyaterochka», «Perekrestok» va «Karusel») rahbari Igor Shexterman nomiga yozilgan xatda alohida xizmatlari uchun taqdirlangan harbiy xizmatchilarning «ijtimoiy fuqarolik maqomi»ni oshirish maqsadida, ular tomonidan xaridlarga chegirma berishni nazarda tutuvchi imtiyozni qo‘llash so‘ralgan.
Rossiya harbiylari ishtirokidagi ikki chechen urushi, xalqaro maydondagi bir qator mojarolardan so‘ng, harbiy veteranlarga imtiyoz berish orqali ularni ijtimoiy himoyalash yaxshi g‘oya. Bunday tashabbuslarning muqobili jahon tajribasida ham ko‘p uchraydi: Iroq va Afg‘oniston urushida qatnashgan harbiylar AQShda mahsulotlar xarididan tortib ipotekani rasmiylashtirishgacha imtiyozlardan foydalanadi. Korporatsiyalarning o‘zi imtiyozlarni joriy etish tashabbusi bilan barchani harbiylarni quvontiradi. Masalan, Apple o‘tgan yil dekabrda veteranlar uchun maxsus shoxobchalar faoliyatini yo‘lga qo‘ydi. Kompaniya siyosatidagi bunday taklif AT&T, Spritn, Verizon va T-Mobile milliy aloqa operatorlarida ham uchraydi.
Albatta, harbiy veteranning jamiyat oldidagi alohida xizmatlarini e’tirof etish, uni qadrlash uchun iqtisodiyotning ulkan qudratga ega bo‘lishi so‘ralmaydi. Ammo Rossiyada tushunarsiz ichki holat paydo bo‘lgan: hukumatning o‘zi davlatning ishtiroki, masshtabi, xarakteri haqidagi gapirishni istamagan urushda xizmat qilgan harbiylarni jamiyat qanday tanib olishi kerak? Umuman, shunday imtiyoz joriy etilsa, jamiyat boshqa ma’lumotlarni talab qilishga haqlimi? Masalan, harbiy askarning nega imtiyozdan foydalanayotgani...
Rossiyada harbiylarni mukofotlash va rag‘batlantirish yashirin ichki hujjatlarda aks ettiriladi. Agar mukofotlar shodasi ko‘ksiga qadalgan veteranni uchratsangiz, uning sidqidildan xizmat qilgani, vatani uchun sodiq qolganiga ishonish hissi paydo bo‘ladi. Ammo mukofotlar ortida qanday xizmat turibdi?
Bellingcat xalqaro izquvarlar guruhi e’lon qilgan «Rossiyaning Ukrainadagi urushi: medallar va o‘sib borayotgan raqamlar» nomli hisoboti da mukofotlanganlar ro‘yxatini tahlil etib, mintaqadagi Rossiya harbiy kuchlarining harakatlari taxmin qilingan.
«Mukofotlar va Sharqiy Ukrainadagi vaziyatni kuzatib borsangiz, o‘zaro aloqadorlik kelib chiqadi. 2014 yilning avgust va sentyabr oyida eng shiddatli to‘qnashuvlar kechgandi. Bir necha oy o‘tib, ukrain armiyasiga qarshi kurashgan kuchlar aeroport va Debalsevo ustidan nazoratini o‘rnatdi. Aynan shu muddat uchun mukofotlangan rossiyalik harbiy soni odatda kuzatiladigan tendensiyadan yuqori bo‘lgan», – deb yoziladi hisobotda.
Bellingcat mutaxassislari tanlangan metodologiya mukammal emasligini tan oladi, ayrim mukofotlarning berilishi yuzasidan aniq mezon mavjud: ular, albatta, urush qatnashchisiga taqdim etishni nazarda tutmaydi. Lekin Jukov, Suvorov medallari, «Jasorat» yo alohida xizmatlari uchun askarlarga nima uchun beriladi?
Sobiq sovet ixtirosi: harbiylarning mukofotlanishini maxfiy tutish an’anasi, har qanday vajga qaramay, bekor qilinishi kerak. Xalq o‘z qahramonlarini tanib, ular haqda gapirishga haqli. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi