Massachusets shtatida yashovchi ayol Meksika restoranida «Make America Great Again» degan yozuvli bosh kiymini kiyib olgan erkakni ko‘rib, g‘azablangan, deya xabar beradi "Daryo" nashri.
Oqibatda ayol hibsga olingan. 15 fevral kuni Falmutda yashovchi 41 yoshli braziliyalik muhojir Rozayn Santos Meksikadagi «Casa Vallarta» restoranida sodir etgan to‘qnashuvidan so‘ng bezorilikda ayblanmoqda.
Ayolni 23 yoshli Brayton Terner ismli odam mashhur qizil bosh kiymini kiyishga haddi sig‘ib, shu ko‘rinishda Meksika restoraniga kelishga jur’at qilgani ranjitgan.
Terner politsiyaga ayol unga bosh kiyimi uchun baqirishni boshlaganida u o‘z ishlari bilan shug‘ullanayotganini aytgan. Ayolning harakatlaridan asabiylashgan erkak telefoniga uning harakatlarini yozib ola boshlagan. Ayol erkakka yaqin kelib, uning bosh kiymini urib tushirgan.
Politsiya restoranga kirib kelganida, ayol Ternerga Meksika va AQSh o‘rtasida devor qurishni talab qilayotgan Donald Trampni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun Meksika restoranida taomlanishi mumkinmasligini ma’lum qilgan.
Santos erkakni ofitserlar guvohligida boshiga urganidan so‘ng restorandan olib chiqib ketilgan.
Ayol qilgan ishlaridan pushaymonligini ma’lum qilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?