Rossiya IIV 2013-2014 yillarda Rossiyadan 37 mlrd rubldan ortiq mablag‘ni olib chiqib ketgan xalqaro jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilganini xabar qildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.
IIVning ma’lumot berishicha, jinoiy guruh tashkilotchilari Moldova demokratik partiyasi rahbari, Rossiya fuqaroligiga ega Vladimir Plaxotnyuk (OAV uni Moldovaning eng boy kishisi deb ataydi) va moliyachi Vyacheslav Platon (u 2017 yildan buyon Rossiyadan 20 mlrd dollarni noqonuniy olib chiqib ketish va Moldovaning Banca de Economii bankidan 20 mln dollarni o‘g‘irlashda ayblanib Moldovada 18 yilga qamalgan) hisoblanadi.
Xabar qilinishicha, jinoiy guruh a’zolari 2013-2014 yillarda soxta asos va hujjatlar orqali o‘z nazoratlari ostidagi yuridik shaxslarning «Zapadniy» va Russkiy Zemelniy Bankdagi hisobraqamlaridan xorijy valyutadagi mablag‘larni BC Moldindconbank S.A. va boshqa xorijiy tashkilotlar hisobraqamlariga o‘tkazishgan.
Ish doirasida Rossiya IIV tergov departamenti xodimlari Moskva viloyatida yashovchi Aleksandr Korkinni hibsga olgan.
Xabarlarga ko‘ra, «Moldova kirxonasi» deb nomlangan sxemada Rossiyadagi 18ta bank ishtirok etgan. Bunda eng ko‘p mablag‘ «Zapadniy» va Russkiy Zemelniy Bankdan olib chiqib ketilgan.
Avvalroq OAV Dodon o‘ziga suiqasd tayyorlanayotgani haqida anonim maktub olgani, maktubda demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Plaxotnyuk parlament saylovlaridan keyin prezidentni o‘ldirishni rejalashtirayotgani aytilgani haqida xabar qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi