
Xitoy hukumati Shinjon muxtor tumanida ochilgan va millionlab uyg‘ur saqlanayotgan lagerlardagi faoliyatlari uchun butun dunyo maqtashi kerakligini da’vo qildi. Bu haqda “Yevronyus”ga tayanib "Azon" nashri xabar bermoqda.
Xitoy tashqi ishlar vazirligi bayonot tarqatib, saksondan ziyod mamlakat diplomatlari va xalqaro tashkilotlar vakillari Pekinga taklif etilganini hamda xitoylik mutasaddilar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilganini ma’lum qildi.
Anjumanda Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Van Guanya va Shinjon gubernatori o‘rinbosari Erkin Tuniyoz “hukumat tomonidan hududda terrorizmning oldini olish va radikalizmga qarshi kurash maqsadida olib borilayotgan chora-tadbirlar” haqida ma’lumot berdi.
“Shinjonda terrorga qarshi kurashish va radikalizm muammosini hal qilish uchun yangi usulni qo‘llayapmiz. Shu ma’noda global bir muammoga aylangan terrorizmni yo‘q qilish yo‘lidagi sa’y-harakatlarimiz maqtovga munosib”, – dedi Guanya.
Shuningdek, u “Xitoy terrorga qarshi global kurashga o‘z hissasini qo‘shishda davom etishini” bildirdi.
Ma’lumki, Xitoy hukumati Shinjondagi lagerlarda musulmonlarni majburan ushlab turishda va hududdagi musulmon xalqlarni assimilyatsiya qilishga urinishda ayblab kelinadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar