Ukrainaning birinchi prezidenti Leonid Kravchuk
Foto: «RIA Novosti»
Ukrainaning sobiq prezidenti Leonid Kravchuk «NV» jurnaliga bergan intervyusida pensiyasidan nolib qoldi. Ma’lum bo‘lishicha, mamlakatning sobiq rahbariga, belgilab qo‘yilganidek, prezidentlik pensiyasini emas, balki deputatlik pensiyasini berishmoqda...
— Menda prezident pensiyasi yo‘q! Deputatlik pensiyasi — 18 ming griven olaman, bu uyat va sharmandalik, — dedi Kravchuk.
Muntazam shu masalani ko‘tarib chiqayotgan sobiq prezidentning arzini har safar hukumat bee’tibor qoldirmoqda.
Siyosatchi, to‘g‘rirog‘i, pensiyasi miqdoridanmas, mamlakat ravnaqiga qo‘shgan hissasi qanday baholanayotganidan kuyinmoqda. Holbuki, uning ta’kidlashicha, sobiq prezidentdan kam xizmat qilgan, biroq ko‘proq pensiya olayotganlar soni Ukrainada oz emas.
— Xizmatimga yarasha to‘langlar! — degan Kravchuk o‘z so‘zi nihoyasida.
Ma’lumot uchun: Leonid Kravchuk — Ukrainaning birinchi prezidenti bo‘lib, 1991 yilning 5 dekabridan 1994 yilning 19 iyuliga qadar mamlakatni boshqargan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?