Venesuela parlamenti muxolifat yetakchisi Xuan Guaydoning 5 kun davomida xorijda qolishga ruxsat berishi iltimosini ma’qulladi. Guaydoning parlamentga maktubi va qabul qilingan qarorni parlament yig‘ilishida kotib o‘qib berdi.
Maktubda Guaydo unga mamlakat tashqarisida 23 fevraldan boshlab 5 kun qolishni so‘raydi. Biroq maktubdan Guaydo 5 kundan keyin Venesuelaga qanday yo‘l bilan qaytishi aniq emas. Guaydo so‘ragan 5 kunlik muhlat 28 fevralda tugaydi.
Avvalroq Guaydo joriy haftada Braziliyaga tashrif buyurmoqchiligi ma’lum qilindi. Nacional nashrining ma’lum qilishicha, siyosatchining Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru bilan uchrashuvi rejalashtirilgan.
Guaydo Venesuelani tark etishi taqiqlanganiga qaramay 22 fevralda Kolumbiyaning chegaradagi Kukuta shahriga kelgan. 25 fevralda Lima guruhi yig‘ilishida ishtirok etgandan keyin joriy haftada Venesuelaga qaytishini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?