Melburn universiteti (Avstraliya) kimyogarlari karbonat angidridni qattiq uglerodga aylantirish bo‘yicha yangi usulni ishlab chiqdilar, u Yer atmosferasida karbonat angidrid konsentratsiyasini kamaytirish uchun ishlatilishi mumkin. Uglerod dioksidi tutqichlari parnik effektni kamaytirishga va o‘rtacha global haroratni pasaytirishga yordam beradi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar qilmoqda.
Tadqiqotchilar xona haroratida suyuq bo‘ladigan metall qotishmalar asosidagi katalizatorlarning yangi sinfidan foydalanganlar. Bunday katalizatorlarning bir turi suyuq galliy bilan aralashgan palladiydan iborat hamda alkanlarni nisbatan qimmatli alkenlarga aylantira oladi. Avvaliga olimlar galliy, indiy va qalay qotishmasini yaratib, unga katalitik faol seriy qo‘shishdi va uni suv tomchilari bo‘lgan shisha trubkaga joylashtirishdi.
Olimlar ingichka simni suyuq metallga joylashtirganda, seriy bir qismi suyuqlik yuzasida havoda kislorod bilan reaksiyaga kirishgan hamda ultraingichka seriy oksidi qatlami paydo bo‘lgan. Keyinchalik karbonat angidrid gazi trubkaga kiritilgan, sim orqali esa - elektr toki. Oxir-oqibat uglerod dioksidi katalizator tomonidan so‘rildi, u yerda qattiq uglerodga aylandi.
Tadqiqotchilarning so‘zlariga ko‘ra, reaksiya mexanizmi hali aniq emas, ammo besh bosqichni o‘z ichiga olishi mumkin. Seriy kislorod, parnik gaz va suv bilan o‘zaro aloqaga kirishib, yagona yon mahsulotlar sifatida qattiq uglerod hamda toza kislorod chiqaradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Xalqaro moliya bozori sharhi: oltin va neft arzonlashdi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"