
Foto: «Kremlin.ru»
Bishkek sudi Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevni uch nafar sobiq davlat xizmatchisini haqorat qilgani uchun jarimaga tortdi. Bu haqda «Xabar» nashri ma’lum qildi.
Da’vogarlar — parlamentning sobiq deputati Ahmatbek Keldibekov, bosh prokuror Azimbek Beknazarov va milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Keneshbek Duyshebayevlar sudda yutib chiqishdi.
Sud «Aprel» telekanali efirida ularni «o‘g‘rilar» va «quzg‘unlar» deya haqorat qilgan Atambayevga da’vogarlarga 100 ming som (1,4 ming dollar)dan jarima to‘lash majburiyatini yukladi. Jabrlanuvchilar bu pullarni xayriyaga ishlatishlarini ma’lum qilishgan.
Telekanalga nisbatan da’vo olib tashlandi. Sobiq prezidentning advokati sud qarori ustidan arz qilishini bildirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing