Italiyaning Neapol shahri politsiyasi eng xavfli jinoyatchilardan biri, mafiya tashkiloti boshligʻi Marko Di Lauroni qoʻlga oldi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.
U 2 mart kuni oʻtkazilgan maxsus operatsiya chogʻida hibsga olingan. Neapol politsiya boshqarmasi boshligʻi Antonio De Yezuning aytishicha, Di Lauro qoʻlga olinayotganida qarshilik koʻrsatmagan.
38 yoshli Di Lauro Neapoldagi kamorra jinoiy tuzilmasi boshligʻi hisoblanadi. 2005 yilda Italiya ichki ishlar vazirligi Marko Di Lauroni qidiruvdagi ashaddiy jinoyatchilar roʻyxatiga kiritgan.
Qayd etilishicha, Di Lauro bir necha yil ilgari tashqi koʻrinishini oʻzgartirish uchun jarrohlik operatsiyasini oʻtkazgan, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari taʼqibidan qochish uchun bir necha bor ayollar kiyimida yurgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi