
Forbes jurnali 5 mart kuni 2019 yilda dunyodagi eng boy odamlar roʻyxatini eʼlon qildi.
21 yoshli Kayli Jenner eng yosh milliarderga aylandi. Shuningdek, u bir vaqtning oʻzida tarixdagi eng yosh self-made (oʻz boyligiga oʻzi erishgan) deb topilib, Mark Sukerbergning rekordini yangiladi (u milliarderga aylanganida 23 yoshda boʻlgan).
Jennerdan keyingi oʻrinni opa-singil Andresenlar egalladi - Aleksandra (22 yosh) va Katarina (23 yosh). Ular 1778 yilda tashkil etilgan oilaviy biznesning merosxoʻrlari hisoblanadi va shuning uchun self-made toifasiga kirmaydi. Ularning boyligi 1,4 milliard dollarga baholanmoqda.
Umuman olganda, sakkiz nafar eng yosh milliarderdan uch nafari (30 yoshgacha) oʻz boyligiga oʻzi erishgan. Jennerdan tashqari, bu Stripe asoschilaridan biri, 28 yoshli Jon Kollison va uning tengdoshi, Snapchat asoschisi Evan Shpigel. Ikkalasi ham 2,1 milliard dollarga ega.
Top-8 quyidagi koʻrinishga ega:


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar