09:00 / 08.03.2019
3 430

Telegram foydalanuvchilarni Rossiya internetining taʼqiqlanishiga qarshi mitingga chaqirdi

Telegram foydalanuvchilarni Rossiya internetining taʼqiqlanishiga qarshi mitingga chaqirdi
Telegram kompaniyasi oʻz foydalanuvchilarini 10 mart kuniga moʻljallangan Rossiya internetini taqiqlashiga qarshi choralar koʻrishga chaqirdi, deb xabar berdi Daryo.

Xabarda aytilishicha, bunday chaqiruv odatda messenjer bilan bogʻliq yangiliklar haqida xabar beruvchi bot orqali tarqatilgan.
Moskvada Libertarian partiya tomonidan tashkillashtiriladigan kelishilgan miting Saxarov prospektida soat 14:00 da boshlanishi kerak.

“Shu kabi mitinglar Rossiyaning boshqa shaharlarida ham tashkillashtiriladi”, — deyilgan Telegram kanali foydalanuvchilariga maʼlum qilingan xabarda.

Rossiya internetining taqiqlanishiga qarshi mitinglar oʻtkazishga davlat Dumasida hukumat tomonidan internetning Rossiya segmentininig tashqi dunyo bilan aloqasini nazorat qilish imkonini beruvchi qonun loyihasining qabul qilinishi sabab boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, Pavel Durov tomonidan yaratilgan Telegram messenjeri Rossiyada 2018 yilning aprel oyidan buyon rasman bloklangan. Kompaniya bloklanishni chetlab oʻtishga erishmoqda, biroq Roskomnadzor dasturga kirishni taqiqlash maqsadida millionlab IP-manzillarni bloklab qoʻygan va bu koʻplab loyihalar va kompaniyalar ishida uzilishlar boʻlishiga olib kelgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Telegram foydalanuvchilarni Rossiya internetining taʼqiqlanishiga qarshi mitingga chaqirdi