Bu voqea Xitoyning Guandun viloyati Foshan shahrida sodir boʻldi. Bir ayol bananga tiqilib qolgan 1 yashar bolasini kasalxonaga olib kelgandi. Oʻzining aytishicha, oʻgʻilchasini doʻkon aylanishga olib chiqqan-u, yoʻl-yoʻlakay banan bergan ekan. Koʻproq berib qoʻyibdi chogʻi, bola tiqilib qolgan va shuning oqibatida yuragi urishdan toʻxtagan.
Kasalxonaga kelgach, bolaning tomoq qismidan xuddi oʻsha tiqilib qolgan banan boʻlagini olib tashlashdi. Ammo yurak urmasdi. Besh nafar reanimator vrach navbati bilan bolaning yuragini uqalay boshlashdi. Bu amal 30 daqiqa davom etdi. Umridan bor ekan. Xudoning qudrati bilan yurak ishlab ketdi va chaqaloq hayotga qaytdi.
— Bu rosmana moʻjiza, — deydi vrachlardan biri. — Bolani xudo qaytib berdi! Endi umri judayam uzun boʻladi…
Biroq tibbiyot xodimlari bu bolani uyiga kuzatib qoʻyishga shoshilishmayapti. Aytishlaricha, miyaga maʼlum muddat qon bormay turgan. Shu narsa bola miyasining ayrim qismlariga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin. Bu muammoni ham ijobiy hal etgachgina, bemor uyiga ketadi.
Manba: Hordiq.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Suvning fanga noma’lum bo‘lgan yangi xususiyati topildi
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”