13:30 / 08.03.2019
4 653

Avstriya tashqi ishlari vaziri: “Putin zoʻr raqqos”

Avstriya tashqi ishlari vaziri: “Putin zoʻr raqqos”
Foto: RIA “Novosti”
Avstriya tashqi ishlar vaziri Karin Knaysl Rossiyaga tashrifi davomida prezident Vladimir Putin bilan yana raqsga tushishni xohlamoqda. “Kelasi hafta Moskvada boʻlaman, balki prezident bilan yana raqsga tusharmiz?” deydi vazir. Gap orasida siyosatchi xonim britaniyalik hamkasbi Jeremi Xant bilan raqsga tushganini eslar ekan, Rossiya yetakchisi undan yaxshiroq oʻynashini yashirib oʻtirmadi: “Baribir Putin zoʻr raqqos!”.

Eslatib oʻtamiz, Avstriya tashqi ishlar vaziri Karin Knaysel xonim oʻtgan yilning avgust oyida moliyachi Volfgang Maylingerga turmushga chiqqan. Ularning nikoh toʻyiga tashrif buyurgan Vladimir Putin kelin bilan raqsga tushgan edi.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstriya tashqi ishlari vaziri: “Putin zoʻr raqqos”