
Foto: Uz24
Moskvaning “Akademicheskiy” tumanida Oʻzbekiston fuqarosining pichoqlangan tanasi topildi, deb xabar berdi Uz24.
Xabarda aytilishicha, Moskva huquq-tartibot idorasiga 5 mart kuni kechqurun Krjijanovskiy koʻchasida joylashgan yotoqxona xonasida badanida koʻplab sanchilgan va kesilgan jarohatlari boʻlgan, 1976 yilda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosining jonsiz tanasi topilganligi maʼlum qilingan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, oʻldirilgan shaxs koʻcha supuruvchi boʻlib ishlagan. Shuningdek, u oʻzining jonsiz tanasi topilgan xonada yashab kelgan.
Hozirda qotillik tafsilotlari oʻrganilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar