Moskva politsiyasi maxsus kuchlari va migratsiya xizmati “Sadovod” bozori hamda “Moskva” savdo markazida keng koʻlamli reyd oʻtkazdi.
Xabarlarga koʻra, “bir necha oʻnlab migrantlar ushlandi, ular mamlakatda boʻlish tartibiga rioya qilingani, shuningdek, bir qator jinoyatlarga aloqadorlik boʻyicha tekshirilmoqda”.
Rossiya agentliklarining maʼlumotlariga koʻra, 11 mart kuni ertalab taxminan soat 5:00lar atrofida politsiya va migratsiya xizmati vakillari ichida boʻlgan yuzga yaqin avtobus bozorlarga kelgan. Politsiya bozorni oʻrab olgan va unga odamlarni kiritmagan.
Foto: by_naikon/ instagram.com
“Axbor” tojik agentligi xabariga koʻra, politsiya reydining asosiy maqsadi katta miqdorda pul yuvishda gumonlanayotgan bozor rahbarlarini qoʻlga olish edi.
Politsiya va migratsiya xizmati xodimlari, bozor rahbarlaridan tashqari, oddiy migrantlarni ham qoʻlga olishgan.
Foto: by_naikon/ instagram.com
Baʼzi OAV xabariga koʻra, bu reydlar 8 mart kuni Moskvaning Marino tumanida mehnat migrantlari oʻrtasida roʻy bergan ommaviy tartibsizliklardan keyin oʻtkazildi. Ommaviy mushtlashuvlar vaqtida oʻqotar quroldan uch kishi yaralandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Baxt aslida nimadaligini tushunishga yordam beradigan 5 ta film