Foto: “Nur.kz”
Bishkekda Saudiya Arabistoniga haj ziyorati uchun yoʻl oladigan hojilar uchun libosni “Qirgʻiziston goʻzali” Aykol Alikjanova tikadi. Sobiq model bir yil avval hijobga kirgan va muslimalarga xos boʻlgan liboslar toʻplamini taqdim qilgan edi, deya xabar beradi “Muslimat.uz”.
Keng bichim, koʻzga tashlanmaydigan ranglar – uning liboslari mamlakatning koʻpchilik aholisi tomonidan iliq kutib olindi. Biroq Aykol haj ziyorati liboslari uchun eng yaxshi dizayn tanlovida qoʻlga kiritgan gʻalabasini oʻzining eng yuksak yutugʻi deb hisoblaydi.
Tanlovda 13 ta nomzod ishtirok etdi. Asosiy eʼtibor kiyimning qulayligi, rangi va dizayniga qaratildi. Hakamlar Aykol tanlagan oq matolarni “havo oʻtkazadigan” va gipoallergen deya baholadi. Saudiya Arabistonida avgustda boʻladigan haj mavsumida havo harorati 40 darajaga yetadi.
“Hamma bir xil libosda boʻlsa, bir-birini topish osonroq boʻladi. Shuningdek, oq liboslarga qarash yoqimli”, deydi Qirgʻiziston musulmonlar diniy idorasi Haj va umra boʻlimi xodimi Abdulaziz Chinibekov. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi