Xitoylik bola hovuz oldida oʻynayotib sirpanib ketdi va unga quladi. Bolaning yoʻqolganini sezishganida esa kech boʻlgan edi, deb yozadi Kun.uz.
Bolaning hayotini saqlab qolgan 53 yoshli Yang Yu ota-onasi bilan dam olishga kelganda hovuzdagi suvda bola kiyimini koʻrib qolgan. Erkak atrofdagilarni yordamga chaqirib, suvga oʻzini tashlagan. Hovuz tubida bolani topgan vaqtda u yuz tomoni bilan pastga qarab yotgan boʻlgan. Bola zudlik bilan shifoxonaga yetkazilgan. Shifokorlar bolaning nafas olmayotganini bilgach yurak-oʻpka sohasi reanimatsiyasini oʻtkaza boshlashdi.
Shifokorlar 40 daqiqa ter toʻkishdi, biroq natija boʻlmadi — bola na nafas olardi va na yuragi urardi. Ular oʻlim holatini qayd qilmoqchi boʻlishganida bolaning onasi va bobosi koʻzlarida yosh bilan jonlantirish jarayonini toʻxtatmaslikni iltimos qilishdi. Mutaxassislar reanimatsiyani davom ettirishdi va bolani sunʼiy ventilyatsiya apparatiga ulashdi.
“Men uning yaqinlariga yoʻq deya olmadim, mening oʻrnimda boshqalar ham shunday qilgan boʻlardi”, - dedi shifokor.
110 daqiqadan keyin bola mustaqil ravishda nafas ola boshladi. Shifokorlar hayratda qolishdi. Bolani tekshiruvlar uchun Ibinya shifoxonasiga yoʻllashdi, zero kislorod yetishmovchiligi miya faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi mumkin edi. Doktor Van Bo bunday hayotgan moʻjizaviy qaytish holatiga 14 yillik tajribasi davomida birinchi marta duch kelganini aytdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?