Yangi zelandiyalik ayol musulmonlardan uzr soʻradi

Yangi zelandiyalik ayol musulmonlardan uzr soʻradi
Yangi zelandiyalik bir ayol Niderlandiyaning Utrext shahridagi jome masjidiga kelib, vatanidagi terakt tufayli musulmonlardan kechirim soʻradi. Bu haqda “Anadolu” agentligiga tayanib “Azon” nashri xabar bermoqda.

Ikki farzandi bilan kelgan ayol terror hodisasi tufayli qaygʻuda ekanini aytdi.

“Butun yangi zelandiyaliklar nomidan Kraytschyorchda yuz bergan hodisa uchun barchangizdan uzr soʻragani keldim. Sizlarga gullarni va uzrlarim bitilgan nomani taqdim etmoqchiman”, – dedi ayol yigʻlagan holda.

Masjid imomi Sulaymon Joshqun yangi zelandiyalik ayolning bu ishidan xursand boʻlishganini maʼlum qildi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar