Foto: “Dosug.md”
ISHID terrorchilari Suriyadagi Deyr-ez-Zor viloyatidagi ayollar va bolalarni soʻnggi tayanch uchun jangga yubordi. Bu haqda Al-Masdar Newsʻga tayanib “Daryo” xabar qilmoqda.
Jihodchilar yuzga yaqin ayol va bolalarni pana qilib, Bogʻuzdagi Suriya Demokratik kuchlariga hujum qildi. Ayrim xabarlarga koʻra, SDK 18 mart, dushanba kuni bir necha jangchilarni yoʻqotgandan keyin taslim boʻldi. Jangchilarning soʻzlariga koʻra, ular ayollar tomonidan hujumga uchragan. Manbaga koʻra, bundan oldin ISHID harbiy harakatlarida ayollar va bolalar qatnashmagan.
“Suriya demokratik kuchlari” Bogʻuz yaqinidagi ISHID qoldiqlariga hujum qilmoqda. SDK matbuot markazining boshligʻi Mustafo Bali jihodchilarning ommaviy ravishda taslim boʻlayotganini maʼlum qildi: bir kun ichida uch ming terrorchi qurol tashladi.
ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
Gruziya poytaxtida namoyishchilar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
Sharmandaga shahar keng
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)