date
views 3 987

Unvonidan mahrum boʻlgan “Moskva goʻzali” alamidan tojni sindirdi

Unvonidan mahrum boʻlgan “Moskva goʻzali” alamidan tojni sindirdi
Moskva goʻzali” tanlovining gʻolibasi boʻlgan Alesya Semerenko unvondan mahrum etilgach, tashkilotchilarga gʻoliblik tojini singan holda qaytardi, deb xabar berdi Darakchi nashri.

— Gʻoliblik tojini Alesya Semerenkodan zoʻrgʻa qaytarib oldik. U sindirilgan, taʼmirtalab holda qaytarildi. Mazkur toj qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan”, deb voqeaga oydinlik kiritdi, tadbir rahbari Tatyana Andreyeva.

Tojning qaytarib olinishiga tanlov gʻolibasining shartnomada bir yil mobaynida xayriya tadbirlarida ishtirok etishga majburligi koʻrsatilgan bandi talablarini bajarmagani sabab boʻlgan. Bu goʻzallik tanlovi tarixidagi ilk koʻngilsiz voqeadir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Unvonidan mahrum boʻlgan “Moskva goʻzali” alamidan tojni sindirdi