15:10 / 24.03.2019
3 579

Ostonaning Nur-Sultonga aylanishi Qozogʻistonga 125 million dollarga tushadi

Ostonaning Nur-Sultonga aylanishi Qozogʻistonga 125 million dollarga tushadi
Qozogʻiston mamlakat poytaxti Ostona shahri nomini Nur-Sultonga almashtirdi.

Mamlakat poytaxtining nomini oʻzgartirish katta xarajatlarni talab etadi. “Alpari” axborot-tahliliy markazi direktori Aleksandr Razuvayev tomonidan maʼlum qilinishicha, bu Qozogʻiston iqtisodiyotiga taxminan 125 million dollarga tushadi.

“Poytaxt nomini oʻzgartirish arzon ish emas. Buning uchun koʻp ish qilish kerak. Masalan, poytaxt aholisiga yangi hujjatlar berishga 80 million dollar, yangi koʻrsatkich va belgilar uchun kamida 25 million dollar, yangi xaritalar uchun 5 million dollar ketadi”, deydi Razuvayev.

Uning aytishicha, Ostona nomi qayd etilgan qator qonun hujjatlari va konstitutsiya ham yangi tahrirda chiqishi kerak va bu ishlarga 15 million dollar sarflanadi.

Qozogʻiston Moliya vaziri Alixan Smailov Ostonaning nomini oʻzgartirish uchun ketadigan xarajatlar hali hisoblab chiqilmaganini va pullar davlat byudjetidan sarflanishini aytgan.

Taʼkidlash kerak, endilikda Nursulton Nazarboyev sharafiga Nur-Sulton deb ataladigan shahar nomi hozirgacha 5 marta oʻzgargan. Shahar bungacha Akmolinsk, Selinograd, Oqmola va Ostona nomlari bilan atalgan. Shahar 1998 yildan buyon Qozogʻiston poytaxti hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ostonaning Nur-Sultonga aylanishi Qozogʻistonga 125 million dollarga tushadi