date
views 3 403

Bostvanada xotini bilan janjallashgan mast uchuvchi samolyotni toʻgʻri uyiga borib urdi (video)

Bostvanada xotini bilan janjallashgan mast uchuvchi samolyotni toʻgʻri uyiga borib urdi (video)
Bostvanada mast holatdagi uchuvchi turmush oʻrtogʻi bilan janjaldan soʻng xususiy samolyotni olib qochib, uni toʻgʻri uyiga borib urdi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.

Dastlabki maʼlumotga koʻra, hodisa oqibatida faqat uchuvchining oʻzi halok boʻlgan, jabrlanganlar haqida xabarlar yoʻq. Shuningdek, oʻndan ortiq avtomobilga shikast yetgan.

Erkak shirakayf boʻlgani va tugʻilajak chaqaloq sharafiga uyushtirilgan bayramda xotinini urgani, shundan soʻng undan uyni tark etishi talab qilingani bildirilmoqda.

Foto: The Citizen
Samolyotni olib qochgandan soʻng uchuvchi doʻstiga qoʻngʻiroq qilgan va turmush oʻrtogʻi aynan qaysi xonada ekanligini soʻragan. Shu tufayli uyda boʻlgan barchani samolyot bilan toʻqnashuvga qadar evakuatsiya qilishga muvaffaq boʻlingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bostvanada xotini bilan janjallashgan mast uchuvchi samolyotni toʻgʻri uyiga borib urdi (video)