Foto: “RIA”
Qozon shahridan Sochi tomon uchib borayotgan samolyotni yashin urdi. Bu haqida Sochi shahridagi aeroport matbuot xizmati xabar berib oʻtdi.
Voqea aeroportdan 35 kilometr uzoqlikda roʻy bergan. Bu vaqtda qoʻnishga tayyorgarlik koʻrilayotgan edi. Yashin urganiga qaramay samolyot muvaffaqiyatli qoʻngan va yoʻlovchilardan hech kimga zarar yetmagan.
Qoʻngandan soʻng samolyot texnik koʻrikdan oʻtkazildi va Vnukovodagi bazaga yuborildi. Moskvaga uchishi lozim boʻlgan yoʻlovchilar esa boshqa reyslarga oʻtkazilgan. Eslatib oʻtamiz, yanvar oyida Rimdan Moskva tomon uchayotgan Airbus A320 samolyotiga ham yashin tekkan edi. Ammo unga hech qanday shikast yetmagan va Sheremetyevo aeroportiga muvaffaqiyatli qoʻngan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi