
Foto: “Gulfnews.com”
Abu Dabi amirligi Madinat Zayed shahrida 35 ta noyob lochin polaponlari yashin urishi natijasida halok boʻldi, deya xabar beradi “Daryo” nashri.
Chaqmoq urishi natijasida polaponlar boʻlgan binoda yongʻin boshlangan. Ularning umumiy qiymati 1,1 million dirham (301 ming dollar)ni tashkil qilgan.
Meteorologiya milliy markazi vakilining soʻzlariga koʻra, gʻarbiy mintaqada hodisa arafasida kuchli momaqaldiroqli yomgʻir va tezligi 60 km / soatgacha boʻlgan shamol kuzatilgan. Shuningdek, u BAAda 28 mart, payshanba kunigacha changli boʻronlar va kuchli shamollar ustunlik qilishini qayd etdi. Haydovchilarga koʻrinishning kamayishi tufayli hushyor boʻlish tavsiya etiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar