date

O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi Pop tumanidagi quyosh fotoelektr stansiyasi suratlarini e’lon qildi

O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi Pop tumanidagi quyosh fotoelektr stansiyasi suratlarini e’lon qildi

O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi matbuot xizmati Namangan viloyati Pop tumanida ishga tushirilgan quyosh fotoelektr stansiyasi suratlarini e’lon qildi. Suratlar bilan vazirlik saytida tanishish mumkin, deb xabar bermoqda kun.uz.

Vazirlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Popdagi ushbu inshoot “ishlab chiqarilgan elektr energiyasini mamlakat energetika tarmog‘iga uzatuvchi dastlabki quyosh fotoelektr stansiyasidir”.

Janubiy koreyalik hamkorlar ko‘magi bilan ishga tushirilgan ushbu 700 ming dollarlik loyiha doirasida Popning Kandigon qishlog‘iga tutash 0,32 gektar hududda qurilgan stansiya 2014 yilning 9 dekabrdan elektr energiyasini ishlab chiqarishni boshlagan.

“Ta’kidlash joiz, ushbu loyihaning asosiy maqsadi o‘rnatilgan turli xildagi quyosh texnologiyalarining ishlab chiqarish samaradorligini o‘rganib, O‘zbekiston iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ularni keng tatbiq qilish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflarni tayyorlash hisoblanadi. Ushbu stansiyaning faoliyati quyosh energetikasi sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashga ham yo‘naltiriladi”, – deyiladi vazirlik axborotida.

Ma’lumot uchun, stansiyaga hozirgi vaqtda Janubiy Koreyaning Hanhwa, JSPV, S-Energy va TopSum kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan har xil turdagi quyosh panellari va tegishli asbob-uskunalar etkazib berilgan va o‘rnatilgan.








Foto: mineconomy.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi Pop tumanidagi quyosh fotoelektr stansiyasi suratlarini e’lon qildi