
Avstraliyalik ketma-ket ikki marta lotereyada katta miqdorda pul yutib oldi, deya yozadi “Daryo”.
Taʼkidlanishicha, u Melburn shahrining ikkita har xil joyidan 3 ta chipta sotib olgan, ulardan ikkitasi omadli boʻlib, unga 16 million dollardan olib kelgan.
“Biz gʻolib bilan bogʻlanganimizda, u bir marta emas, balki ikki marotaba yutganligini unutib qoʻyganini aytdi”, — dedi lotereya vakili.
Gʻolibning oʻzi qariyb 30 yildan beri doimo bir xil raqamlarni oʻynashini aytgan. Lotereya biletlarini sotib olish uchun u 20 ming dollardan ziyod mablagʻ sarflagan. Hozirgi paytda esa avstraliyalik pulni qanday sarflashni oʻylab koʻrmoqda.
“Balki ishdan boʻshash haqida oʻylab koʻrarman. Keyin, yangi uy yoki dam olishlar boʻlishi mumkin. Men uni oilam bilan boʻlishaman”, -— deb taʼkidladi gʻolib. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar