
Ochiq hukumat ishlari boʻyicha sobiq vazir Mixail Abizovni qoʻlga olish amaliyoti u Italiyadan qaytib kelganidan soʻng amalga oshirilgan.
Xabar qilinishicha, Abizov energetika kompaniyalari mablagʻlarini xorijga olib chiqib ketgan. Unga firibgarlik va uyushgan jinoiy guruhni tashkil etish hamda davlat pulini noqonuniy oʻzlashtirish kabi ayblovlar qoʻyilmoqda.
Zarar 4 milliard rublni tashkil qiladi. Oʻtgan yili MixailAbizov ushbu vazirlik tarqatib yuborilganidan keyin isteʼfoga chiqarilgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar