
Bu mahbusning eng sevimli sovgʻasi hisoblanardi. Ogʻaynilari Astraxandagi №6- koloniyada jazo muddatini oʻtayotgan mahbusga shokolad konfet olib kelishgandi.
Turma xodimlari shokolad konfetlarni tekshirib koʻrish jarayonida oq rangli kukunsifat narsa berkitilganini payqab qolishdi. Bu, shubhasiz, geroin edi. Narkotikning sof vazni 1,15 grammga teng ekan. Zudlik bilan ekspertizaga joʻnatishdi.
Tez fursatda ekspertiza ham bu narkotik modda ekanini tasdiqladi. Shokolad konfetlarni “kutilmagan sovgʻa” bilan birga olib kelgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar