20:30 / 29.03.2019
4 060

Rossiya mehnat bozorida ishchi kuchi taqchilligi yuzaga keldi

Rossiya mehnat bozorida ishchi kuchi taqchilligi yuzaga keldi
Xalqaro FinExpertiza auditorlik-konsalting kompaniyasi tadqiqotlari yakunida ayni paytda Rossiya mehnat bozorida bir millionga yaqin mutaxassis yetishmaydi, degan xulosaga keldi.

“2019 yil boshida boʻsh ish oʻrinlari uchun ishchilarga boʻlgan talab 967,8 ming kishini tashkil etdi”, — deyiladi tadqiqotda.

Mehnat resurslari eng koʻp yetishmasligi Moskvada kuzatilmoqda, bu yerda 2019 yil boshiga 148,2 ming mutaxassis talab qilingan, ikkinchi oʻrinda Moskva oblasti— 65,8 ming kishi, uchinchi oʻrinda Sankt-Peterburg - 61,4 ming kishi.

Eng koʻp ishchi kuchi zarur boʻlgan hududlar qatoridan shuningdek, Rostov oblasti (31,4 ming), Krasnodar oʻlkasi (30,9 ming), Sverdlovsk oblasti (26,1 ming), Krasnoyar oʻlkasi (22,5 ming), Primorye oʻlkasi (20,6 ming), Nijegorodsk oblasti (20,3 ming) va Chelyabinsk oblasti (19,8 ming) oʻrin olgan.

Rosstat maʼlumotlariga koʻra, yanvar oyi oxirida rasmiy ishsizlik 4,9 foizni tashkil etgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya mehnat bozorida ishchi kuchi taqchilligi yuzaga keldi