
Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi egalaridan biri Natalya Fileva va uning otasi Germaniyada aviahalokatda halok boʻldi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati maʼlum qildi.
“2019 yil 31 mart kuni Epic-LT xususiy samolyotining “Egelsbax” aeroportiga (Frankfurt-Mayn) qoʻnishi vaqtida S7 Airlines aksiyadori Fileva Natalya Valeryevna halok boʻldi. Fojia tafsilotlari hozircha nomaʼlum”, deb aytilgan xabarda.
Maʼlum qilinishicha, Fileva va uning otasi Germaniyaga davolanishga ketayotgan boʻlganlar. Samolyot uchuvchisi ham halok boʻlgan.
Aviahalokat tergovi bilan xalqaro komissiya rossiyalik mutaxassislar ishtirokida shugʻullanadi.
Rosaviatsiyadagi manbaning maʼlum qilishicha, samolyot “Globus” aviakompaniyasiga tegishli boʻlgan.
Natalya Fileva S7 guruhi direktorlar kengashi raisi lavozimini egallagan. U 2018 yilda Forbes nashri talqini boʻyicha eng boy rossiyalik tadbirkorlar reytingiga kirgan. Uning boyligi 600 mln dollarga baholangan.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar