Foto: “Muslim.uz”
Hindistonning Megxalaya shtati Shillong shahrida dunyodagi birinchi shishali masjid paydo boʻldi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston musulmonlar idorasi Matbuot xizmati.
“Ushbu masjid barcha dinlarning birligi ramzi hisoblanadi”, — deydi Hindiston milliy ozchilik ishlari boʻyicha Ittifoq davlat vaziri Vinsent H. Pala.
Vazir Madina masjidi deb nomlangan va Hindistondagi faqat shishadan qurilgan toʻrt qavatli ilk masjidning oʻziga xosligi va alohida maʼnaviy muhitini taʼkidladi.
Tungi vaqtda sunʼiy qoʻshimcha yoritish vositalari sababli masjid oʻzgacha tarzda charaqlab turadi. Bir necha ming namozxonlarga moʻljallangan masjidda ayollar uchun alohida xonalar koʻzda tutilgan.
Bu masjidda shuningdek boʻlajak imom-xatiblarni yetishtirib chiqaradigan dinshunoslik instituti faoliyat yuritadi. Madina masjidi islom fanlari va dunyo dinlari haqidagi adabiyotlardan iborat kutubxona mavjud. Bu yerda istovchilarga Islom dini haqida maʼruzalar va darslar beriladi, buning uchun barcha shart-sharoitlar muhayyo qilingan.
Shuni taʼkidlash lozimki, aholisi 1,1 milliard boʻlgan Hindistonning 160 millionini musulmonlar tashkil etadi. Musulmon aholisining soni boʻyicha Hindiston dunyoda Indoneziya va Pokistondan keyin uchinchi oʻrinda turadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi