
Qozog‘istonning Birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev 3 aprelda markazda yig‘ilish o‘tkazdi.
“Men tegishli qonun bilan tartibga solinuvchi Birinchi prezident – Elboshi majburiyatlarini bajarishga kirishdim. Bundan tashqari, Xavfsizlik kengashi, Qozog‘iston xalqi assambleyasi raisi hisoblanaman, Nur Otan partiyasiga boshchilik qilmoqdaman. Oldinda ko‘p ish bor. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun Birinchi prezident devonxonasi tashkil etildi. Barcha tashkiliy masalalar hal qilingan. Endi barcha zimmamga yuklangan vazifalarni bajarishga kirishishim lozim”, deb aytib o‘tgan Nazarboyev.
Yig‘ilishda Birinchi prezident devonxonasi rahbari, Birinchi prezident yordamchisi, devonxona bo‘limlari, Birinchi prezident kutubxonasi va jamg‘armasi rahbarlari ishtirok etishgan.
Yig‘ilishda Nazarboyevga devonxonaning faoliyati boshlanishi bilan bog‘liq tashkiliy-huquqiy tadbirlar yakunlangani ma’lum qilingan hamda xodimlarni tanlash natijalari haqidagi ma’lumot taqdim qilingan.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar