Bruneyda er(xotin)ga qilingan xiyonat va gomoseksual aloqalar uchun toshbo‘ron qilish orqali o‘limga mahkum etish to‘g‘risida shariat qonunlari kuchga kirdi. Bu haqda Sputnik agentligi xabar berdi.
Shuningdek, o‘g‘rilik uchun jazoning yangi turi - qo‘l-oyoqlar amputatsiyasi joriy etilmoqda.
Dushanba kuni BMTning inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Mishel Bachelet Qirollikni "shafqatsiz qonunlarni" joriy etmaslikka chaqirdi. Uning fikricha, aks holda bu "Bruney aholisi uchun inson huquqlari sohasida jiddiy orqaga qaytish bo‘lishini" anglatadi.
Britaniyalik san’atkor Elton Jon va amerikalik aktyor hamda rejissyor Jorj Kluni jinoiy kodeksga kiritilgan ushbu qo‘shimchalar uchun Bruney sultoni Hassanal Bolkiaxga qarashli otellarga boykot e’lon qilishga chaqirmoqda.
Bruney sultonligi BMTning zo‘ravonlik, va boshqa insoniylikka zid bo‘lgan, shafqatsiz yoki inson sha’nini yerga uruvchi turdagi jazo turlariga qarshi Konvensiyasini imzolagan, ammo ratifikatsiya qilmagan.
Mamlakat qonunlari o‘lim jazosini nazarda tutsa-da, amaliyotda bu kam amalga oshiriladi: oxirgi marta oliy jazo narkotiklar bilan bog‘liq jinoyat uchun 2017 yilda qo‘llanilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezident Olimpiadaga yo‘llanma olgan futbolchilarga tabrik yo‘lladi
Osiyo kubogi: O‘zbekistonning g‘alabasiga xorijdan qanday munosabat bo‘lmoqda?
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Indoneziyani mag‘lub etib, final va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Orol dengizi bo‘yida mobil aloqa va internet tarmog‘i ishga tushirildi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi