12:50 / 04.04.2019
3 463

Poroshenko Zelenskiyning chaqirig‘ini qabul qildi (video)

Poroshenko Zelenskiyning chaqirig‘ini qabul qildi (video)
Ukraina prezidenti Petro Poroshenko saylovlardagi raqibi Vladimir Zelenskiy bilan Kiyevdagi 70 ming kishilik «Olimpiyskiy» stadionida debat qilishga rozi bo‘ldi. Uning videomurojaati feysbukdagi sahifasida joylashtirildi.

«Iltimos, prezident saylovlari haqidagi qonunda debatlar o‘tkazish tartibi haqida keltirilgan joyni o‘qib oling. Debatlar Jamoatchilik televideniyesi bazasida o‘tkazilib, o‘n millionlab kishilar uchun barcha telekanallarda translyatsiya qilinishi lozim. Mavjud qoidalar shunaqa. Mayli, stadionda bo‘lsa stadionda bo‘laqolsin. Men sizni kutaman, Vladimir Aleksandrovich», — degan Poroshenko.

Shu bilan birga Ukraina prezidenti saylovoldi debatlari «stadiondagi tomosha uchun» o‘tkazilmayotganini va uning Zelenskiy bilan geosiyosiy qarashlari «diametral qarama-qarshi yo‘nalishda» ekanligini ta’kidlab o‘tgan.

Stadionda debat o‘tkazish saylovlarning birinchi turida g‘olib bo‘lib ikkinchi turga o‘tgan nomzod Vladimir Zelenskiy tomonidan taklif etilgandi.
Cтадіон, так стадіон

Правила дебатів прописані в законі про вибори Президента, почитайте будь ласка. Вони можуть відбуватися на базі Суспільного телебачення з трансляцією по всіх телеканалах для десятків мільйонів людей. Такі вже усталені правила. Але стадіон, так стадіон. Я чекаю на Вас, Володимире Олександровичу.

Опубликовано Петро Порошенко Среда, 3 апреля 2019 г.

«Men debatlarga boraman. Petro Poroshenkoga murojaat qilmoqchiman, siz meni debatlarga chaqirmoqdasiz, men qochib ketishim, yashirinib olishimni orzu qilyapsiz. Yo‘q. Men – bu 2014 yildagi siz emasman. Men bu chaqiriqni qabul qilaman.

Debatlar Ukraina xalqi oldida o‘tadi, barcha kanallar debatlarni jonli tarzda uzatish, barcha jurnalistlar debatlarda bo‘lish huquqiga ega bo‘ladi, nomzodlar tibbiy eskpertizadan o‘tib, xalqqa oralarida piyonistalar, giyohvandlar yo‘qligini isbotlashi lozim. Mamlakatga sog‘lom prezident zarur.

Sizga 24 soat vaqt beraman, o‘ylab ko‘ring», deb aytilgan Zelenskiyning videomurojaatida.

Ukraina prezidentligi saylovlarining birinchi turida Vladimir Zelenskiy 30 foizdan ortiqroq ovoz to‘plab, birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Amaldagi prezident Petro Poroshenko 16 foiz atrofidagi ovoz bilan egalladi. Ikki nomzod endi 21 aprel kuni o‘tkaziladigan ikkinchi turda o‘zaro kurash olib boradi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Poroshenko Zelenskiyning chaqirig‘ini qabul qildi (video)