
Foto: «Nur.kz»
Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning Moskva ko‘chalarida ketayotgan korteji tasvirlangan video tarqaldi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.
Video 3 aprel kuni Moskvaning markaziy ko‘chalaridan birida tasvirga olingan.
Qora tonirovka qilingan prezident avtomobili mototsikllar boshchiligida harakatlangan.
Dastlab moskvaliklar mashina kimga tegishli ekaniga qiziqqan. Avtomobilda Qozog‘iston bayrog‘ini ko‘rgach, «Qozog‘iston, Qozog‘iston! Qozoqlar keldi!» deya baqirishgan.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sharhlardan birida video rolik tomoshabinlarning kayfiyatini ko‘targani yozilgan.
Protokolga ko‘ra, xorijiy prezidentlarning xizmat tashrifi paytida 5 nafar mototsikl hamrohlik qilishi kerak. Lekin To‘qayevning kortejiga 9 ta mototsikl yo‘lboshchilik qilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar