11:45 / 05.04.2019
3 357

Qirg‘izistonda sobiq prezidentlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin

Qirg‘izistonda sobiq prezidentlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin
Foto: Sputnik
Qirg‘iziston parlamenti deputatlari uchinchi o‘qishda sobiq prezidentlarni daxlsizlik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi. Bu haqda mamlakatning qonunchilik majlisining matbuot xizmatiga tayanib Sputnik xabar bermoqda.

«Qonun uchinchi o‘qishda qabul qilindi, deyarli barcha deputatlar bir ovozdan maqulladi», — deyiladi xabarda.

Agentlikning ma’lum qilishicha, 111 kishi «QR sobiq prezidentlarining faoliyati kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish kiritishni yoqlab ovoz bergan. Ovoz bergan deputatlarning uch nafari qarshi chiqqan.

Hujjatda sobiq davlat rahbari prezidentlik vakolati yakunlanganidan so‘ng yoki lavozimidan chetlashtirilganda ayrim holatlarda jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin deb yozilgan.

Shuningdek, yangi qonunga muvofiq, sobiq prezidentlarga siyosiy lavozimlarni egallash taqiqlanadi.
Hujjat imzolanishi uchun davlat rahbariga yuboriladi. Qonun imzolangandan so‘ng qonuniy kuchga kiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda sobiq prezidentlar jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin