date

Litva evroni ichki muomalaga kiritgan 19 davlatdan biriga aylandi

Litva evroni ichki muomalaga kiritgan 19 davlatdan biriga aylandi

Litva 2015 yilning 1 kunidan boshlab, eski pul birligi lit o‘rniga evroni muomalaga kiritdi. Endilikda, Litva evro amalda bo‘lgan 19 davlatga aylandi. Bu haqida mamlakat bosh vaziri Algirdas Butkyavichyusning so‘zlariga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.

“Yangi pul birligini joriy qilish bo‘yicha so‘rovnomada 63 foiz litvalik bu qarorni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi”, – deydi Butkyavichyus.

Litva bosh vaziri buning natijasida mamlakat iqtisodiga sarmoyalar kiritilishi keskin darajada ortishini kutayotganini ma’lum qilgan.

Xabarda yozilishicha, 1 yanvardan boshlab 60 kun mobaynida, Litvadagi barcha banklarda kurs bo‘yicha litni evroga cheksiz miqdorda almashtirish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, Litva hududi bo‘ylab 700dan ortiq valyuta shoxobchalari o‘rnatilgan hamda bu joylarda litvaliklar har 1 evroni 3,4528 litga sotib olishlari mumkin.

Ma’lumot uchun, Litva bilan chegaradosh Estoniya 2011 yilda, Latviya esa, 2014 yilda evrozonaga a’zo bo‘lgan edi, lekin 40 million aholi yashaydigan yana bir qo‘shni davlat Polsha hamon o‘z zlotiysidan foydalanib kelmoqda.

Manba: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Litva evroni ichki muomalaga kiritgan 19 davlatdan biriga aylandi