Qirg‘izistonda qiz o‘g‘irlash uchun jazo choralarini yanada kuchaytirishdi. Endi qiz o‘g‘rilari 7 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinadi. Bu haqida «Dunyo ayollar banki» nohukumat huquqni himoya qilish tashkiloti yetakchisi Gulsan Abitova xabar berib o‘tgan.
Bundan tashqari qonunbuzarlar 200 ming som (uch ming dollardan ko‘proq) jarimaga ham tortiladi. Abitovaning ta’kidlashicha, garchi bunday odatga qarshi kurash choralari avval ham kuchaytirilgan bo‘lsa-da, oxirgi yillarda Qirg‘izistonda vaziyat u qadar o‘zgarmagan. Mamlakatda oila qurish maqsadida qizlarni o‘g‘rilab ketish odati hamon davom etyapti. Hatto shunday o‘g‘rilikdan so‘ng qizlarning o‘z joniga qasd qilish holatlari ham uchragan.
Qirg‘izistonda ko‘p hollarda qiz o‘g‘rilash jinoyati sodir etilganini jabrlanuvchi tomon ma’lum etmaydi. Huquqshunoslarning ta’kidlashicha, mamlakatda har kuni 30 dan ortiq voyaga yetmagan qizlarni uylanish maqsadida o‘g‘rilash jinoyatlari sodir etiladi. Har beshta nikohning bittasi esa aynan shu yo‘l bilan amalga oshiriladi. Kelin bo‘lmishlarning uchdan ikki qismi o‘z xohishiga qarshi nikohga kirishadi.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘izistonda oxirgi marta 2013 yilda qiz o‘g‘rilashga qarshi jazo choralari kuchaytirilgan edi. O‘shanda jinoyat uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi ko‘zda tutilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!