Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi 2015 yildan o‘z ishini boshlaydi

Rossiya, Belarus va Qozog‘iston 2015 yildan o‘zaro hamkorlikning yangi bosqichiga o‘tadi, ya’ni Evroosiyo iqtisodiy ittifoqi (EOII) haqidagi kelishuv 1 yanvardan kuchga kiradi. Bu haqida “ria.ru”ga asoslanib “kun.uz” xabar bermoqda.
Ushbu ittifoqga a’zo davlatlar o‘z hududlarida mahsulotlar, xizmatlar, sarmoya va ishchi kuchining erkin harakatlanishi, iqtisodiyotning energetika, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, transport kabi muhim sohalarida muvofiqlashtirilgan siyosatni amalga oshirishni kafolatlaydilar. EOII kelishuvida 2016 yilda dori-darmon va tibbiyot mahsulotlarining umumiy bozorini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Shu tariqa, iqtisodiy rivojlanishning yangi kuchli markaziga aylanadigan, 170 mln kishini qamrab olgan MDH hududidagi eng yirik umumiy bozorning shakllanishi o‘z nihoyasiga etmoqda.
EOII shtab-kvartirasi Moskvada, moliyaviy muvofiqlashtirish idorasi Olma-otada, sud idorasi esa Minskda joylashadi. Ittifoqqa 2015 yilda Belarus raislik qiladi.
Shuningdek, 2014 yilning oktyabr oyida Armaniston va dekabr oyida esa Qirg‘iziston EOIIga qo‘shilishi haqidagi kelishuv imzolangan, lekin bu 2 davlat uchun 1 yildan 8 yilgacha o‘tish davrini o‘tash belgilab qo‘yilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing