Qirg‘izistonning Issiqko‘l viloyati yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi xodimlari “to‘lov” marosimi o‘tkazishdi, ya’ni yaxshi niyatda jonliqni qurbonlikka keltirishdi. Bu haqda “Turmush” nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Qirg‘izistonlik “danchilar” yo‘l-transport hodisalari bo‘lmasligini niyat qilgan holda bir nechta qo‘yni qurbonlik qilishgan. Qurbonliklar go‘shti boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga bolalar uylariga, ko‘p farzandli va kam ta’minlangan oilalarga ulashilgan.
Boshqarma xodimlari faqatgina diniy marosim bilan cheklanib qolmay, mahalliy aholi bilan yo‘l harakati xavfsizligiga amal qilish zarurligi haqida suhbat o‘tkazishgan.
Qirg‘izistonda mustaqillik yillarida odamlarning dindorligi darajasi ancha oshgan, shu sababli davlat idoralarida bunday marosimlar o‘tkazilishi ajablanarli hol emas.
Ta’kidlanishicha, 2017 yilda Qirg‘izistonning uchta janubiy viloyati yoshlari ham YTHlar soni kamayishi niyatida qurbonlik keltirishgan. 2011 aprelda esa Qirg‘iziston parlamenti deputatlari parlamentdan “ins-jinslarni quvish maqsadida” 7 ta qo‘yni qurbonlikka keltirishgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi