
Nepaldagi Lukla aeroportida Summit Air kompaniyasi samolyoti vertolyot bilan to‘qnashib ketdi. Oqibatda 2 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Xinhua axborot agentligiga tayanib Kun.uz xabar berdi.
To‘qnashuv 14 aprel ertalab yuz bergan. Shuningdek, bir necha kishi jarohat olgan.
Mahalliy aholining ta’kidlashicha, bort raqami 9N-AMH bo‘lgan samolyot Manang Air kompaniyasining aeroport turargohida turgan vertolyotiga kelib urilgan. Voqea tafsilotlari aniqlashtirilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar