
Foto: «RIA Novosti»
Rossiyada 2020 yilda chorrahalardan ma’lum vaqtda o‘tishni pulli qilishmoqchi. Rossiyaliklar shu tariqa yo‘llardagi tiqilinchni yo‘qotishni maqsad qilishgan.
RIA Novosti tomonidan ma’lum qilinishicha, chorrahalar pulli bo‘lgandan so‘ng haydovchilar yo‘nalishni chuqur o‘ylab tanlashadi. Bu esa yo‘llardagi tiqilinchni 10-20 foizga kamaytiradi. Tahminan 10 foiz haydovchilar harakatlanish uchun muqobil yo‘nalishni tanlaydi va chorrahada pul to‘lab o‘tmoqchi bo‘lganlarning vaqti tejaladi.
2020 yilda «Aqlli shahar» loyihasi ostida Lipetsk, Nijniy Novgorod yoki Ulyanovsk shaharlarida ushbu tajriba sinovdan o‘tkaziladi.
RossiyaYo‘ldagi TiqilinchChorrahalarni PulliHaydovchilarAqlli ShaharLoyiha Sinovi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing