
Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahrida yashovchi Shey Kenni masjidlardagi teraktdan keyin Islomni qabul qildi va hayoti butkul o‘zgardi, deya xabar bermoqda Azon.uz nashri.
Endi uning ismi – Muso. Bir oy muqaddam u uysiz giyohvand edi.
“Men Islom – bu davlatning nomi deb o‘ylagan va uni xaritadan topa olmagan edim, – deydi Muso. – Hozir buni aytayotib o‘shanda qanchalar ahmoq bo‘lganimni his qilyapman”.
Terakt qurbonlaridan birining janozasiga kelishi uning hayotida burilish yasadi: yuragida “nimadir uyg‘ondi” va musulmon bo‘lishga qaror qildi.
“Men hayotimda hech qachon shunchalik mehr-muhabbat va huzurni ko‘rmaganman”, – deydi u.
Endi Muso aksar vaqtini “An-Nur” masjidida o‘tkazyapti, avvalgidek ko‘chada emas, boshpanasizlar uchun mo‘ljallangan markazda yashayapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing