21 aprel kuni Shri-Lankada Pasxa bayrami vaqtida cherkovlarda va mehmonxonalarda sodir etilgan 8ta portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 290 nafarga yetdi. The Hindustan Times nashri xabariga ko‘ra, 500 nafarga yaqin kishi jarohatlangan holda shifoxonalarga yotqizilgan.
News First nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, ayni vaqtga kelib teraktlarga aloqadorligi gumon qilingan 24 kishi hibsga olingan. Qo‘lga olinganlar mahalliy aholi vakillari bo‘lib, hozirda ularning «chet eldagi aloqalari» tekshirilmoqda.
Reuters agentligi manbasi xabar berishicha, portlashlar sodir etilgan vaqtda mamlakat prezidenti Maytripala Sirisena xorijda bo‘lgan, u 22 aprel kuni Milliy xavfsizlik xizmatining shoshilinch yig‘ilishini chaqirgan. Unda mamlakat bosh vaziri Ranil Vikramasingh ham qatnashadi.
Shri-Lankadagi portlashlar Pasxa bayrami marosimida mahalliy vaqt bilan soat 8:45da sodir bo‘lgan. Uchta cherkov va uchta mehmonxonaga hujum qilingan. Yettinchi va sakkizinchi hujumlar bir necha soatdan so‘ng, ulardan biri yakshanba kuni odam gavjum bo‘ladigan Kolombo shaharchasida joylashgan hayvonot bog‘i yaqinida amalga oshirilgan.
Yana bir hujum, orolning eng yirik xalqaro aeroporti Bandaranaike yaqinida amalga oshirilishi mumkin edi, ammo harbiylar portlovchi moslamani yo‘q qilishga muvaffaq bo‘lishgan.
Huquq-tartibot organlari ma’lumotlariga ko‘ra, hujumlarning deyarli barchasi xudkush-terrorchilar tomonidan sodir etilgan. Politsiyachilar terrorchilarni tashish uchun foydalanilgani gumon qilinayotgan bir yuk mashinasini ham to‘xtatishgan.
Hozircha bu teraktlar uchun javobgarlikni hech bir tashkilot o‘z zimmasiga olmadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi